Tyuramning o'g'li "Borussiya"ga yo'l oldi

"Gengam" hujumchisi Markus Tyuram rasman myunxengladbaxning "Borussiya" klubiga o'tdi.

21 yoshli fransiyalik yangi jamoasi bilan 4 yillik shartnomaga imzo chekdi. Tyuram "Borussiya M"da 10-raqamda o'ynaydi. 

Avvalroq, transfer narxi 13 mln. evro bo'lishi haqida ma'lum qilingandi. 

Markus – fransiyalik taniqli sobiq futbolchi Lilian Tyuramning o'g'li. U o'tgan mavsum Liga 1da 32 ta o'yin o'tkazdi (9 ta gol, 3 ta assist). 



Manba: twitter.com/borussia_en