Tyago Silvaning xotini "Instagram"da Emerini tanqid qildi

Aslanov Jasurbek
15 fev 2018, 14:25
"Pari Sen-Jermen" himoyachisi Tyago Silvaning xotini "Instagram" orqali jamoa bosh murabbiyi Unai Emeri "Real"ga qarli Chempionlar ligasi 1/8 final bahsidan so'ng tanqid qildi.

PSJ hamda "Real" o'rtasidagi bahsda Unai Emeri braziliyalik himoyachini zaxirada qoldirdi. Ispaniyalik mutaxassis maydonga yosh fransiyalik Presnel Kimpembeni tushirdi. PSJ 1:3 hisobida mag'lub bo'ldi.

"Taktika? Taktika?" - deb yozdi futbolchining xotini.

Biroz vaqtdan so'ng braziliyalikning ayoli ushbu xabarni o'chirib tashladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Get Football News France