Tyago Silva: "PSJ Madridda g'alaba qozona oladi"

Aslanov Jasurbek
31 okt 2015
PSJ himoyachisi Tyago Silva "Real"ga qarshi Chempionlar ligasi uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

"Madridga yaxshi kayfiyatda borish kerak. Biz Madridda g'alaba qozona olamiz. Karim Benzema maydonga chiqishini bilmayman, ammo "Real" PSJga qarshi birinchi o'yinga nisbatan agressivroq o'ynaydi. Bu bizning foydamizga ishlaydi. Biz o'z darvozamiz oldida ishonchliroq o'ynab, raqib tomonda kuchliroq harakat qilishimiz kerak" - deydi futbolchi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Le Parisien