Tyago Alkantara: Jahonning eng zo'r klublaridan birida o'ynashimdan xursandman

Narzulla Saydullayev
16 iyul 2013
“Barselona”ning sobiq yarim himoyachisi Tiago Alkantara, uning “Bavariya”ga transferi muvafaqiyatli amalga oshganidan juda xursand, deya xabar beradi ispan OAVlari.
Futbolchi juda kuchli jamoada o'ynashini takidlagan.

“Men jahonning eng zo'r jamoalaridan birida o'ynashimdan xursandman. Agar inson hayotida mutlaq baxtli kun bo'lishi mumkin bo'lsa, men uchun bunday kun keldi. Men birinchi navbatda “Bavariya”ning qanday tarixga ega ekanligini tushunganim uchun baxtliman. Myunxenliklar ko'p yillardan beri jahonning eng kuchli uch klubi tarkibiga kirib kelmoqda. Gvardiola menga ishonmoqda va men uning taktikasi muxlisiman”.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com