Tuxelning "Bavariya"dagi taqdiri hal bo'ldi

Aslanov Jasurbek
4 may 2024, 19:42
Tomas Tuxel kelasi mavsum "Bavariya"ni boshqaradimi?

Bugun Myunxen jamoasi Bundesliganing 32-turi doirasida "Shtutgart" bilan o'ynadi. Bahs oldidan jamoa sport direktori Kristof Froynd Viaplay jonli efirida Tomas Tuxel kelasi mavsum jamoada bo'lmasligini ma'lum qildi.

Oldinroq, "Bavariya" rahbariyati 50 yoshli mutaxassis bilan hamkorlikni davom ettirish imkoniyatlari mavjudligini ma'lum qilgan edi. Manuel Noyer va yana bir qancha futbolchilar Tuxel foydasiga fikr bildirishgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia