Tuxel yozda ispan grandi bosh murabbiyiga aylanishi mumkin

Eldor Akmurzayev
13 sen 2022, 09:20
“Chelsi” sobiq ustozi Tomas Tuxel yozda “Real”da ish boshlash ehtimoli bor.

Karlo Anchelotti madridliklarni tark etgan taqdirda, nemis mutaxassisi uning o'rnini egallashi mumkin. Italiyalik mutaxassisning “Real” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yil iyunida o'z nihoyasiga etadi va shundan keyin murabbiylik faoliyatini yakunlashni rejalashtirayotganini aytgandi.

Eslatib o'tamiz, Tomas Tuxel YCHL yangi mavsum 1-turida “Dinamo Z”ga uchralgan kutilmagan mag'lubiyatdan keyin iste'foga chiqarilgandi. U “aristokratlar” boshqaruvida 19 oy ishladi hamda CHL bilan birga uchta titul qo'lga kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: The Athletic