Tuxel "Sevilya" himoyachisi Kundening "Chelsi"ga ehtimoliy transferi haqida gapirdi

Alisher
6 noya 2021, 12:00
"Chelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel "Sevilya" himoyachisi Jyul Kundening London klubiga ehtimoliy o'tishi haqida gapirdi.

"Agar kerak bo'lsa, qishda bu variantga qaytishimiz mumkin, ammo hozirda bu joy uchun loyiq Trevor Chaloba bor.

Ammo, bu bizning yana bir markaziy himoyachi bilan shartnoma imzolay olmasligimizni anglatmaydi, shunchaki Trevor oldingi jiddiy qadam tashladi", - deydi Tuxel.

Sentyabr oyi so'nggida Kunde yozgi transfer oynasida "Chelsi"ga o'tishi mumkin bo'lgani, ammo bitim amalga oshmagani haqida gapirgandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal