Tuxel ruhlantiruvchi nutq so'zlayotganda barmog'ini sindirib oldi

Tolibjon Qosimov
6 mar 2024
Kecha tunda YCHL 1/8 final javob uchrashuvi doirasida "Bavariya" jamoasi "Lacio"ni 3:0 hisobida mag'lub etganidan xabaringiz bor.

Myunxenliklar bosh murabbiyi Tomas Tuxel ana shu o'yin oldidan kiyinish xonasida futbolchilarga ruhlantiruvchi nutq so'zlayotganida oyoq barmog'ini sindirib oldi.

"Uchrashuvdan oldin ruhlantiruvchi nutq so'zlayotganimda oyog'im bilan burchakni tepdim va bu noto'g'ri qaror bo'lib chiqdi", - dedi Tuxel.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: CBS