Tuxel PSJ bilan kelishib olgan bo'lishi mumkin

Mirjalol Normatov
1 apr 2018, 18:11
PSJ rahbariyati jamoaga yangi bosh murabbiy izlash bilan band.

Jamoani boshqarayotgan Unai Emeri mavsum yakunida iste'foga chiqarilishi mumkin.

"L`Equipe" nashri xabariga ko'ra, Dortmundning "Borussiya"si sobiq bosh murabbiyi Tomas Tuxel aynan PSJni boshqarishi mumkin. Oldinroq "Bavariya" direktorlar kengashi vakili Karl-Xaync Rummenigge Tuxel nomzodidan voz kechilganligi va murabbiy boshqa jamoa bilan kelishib qo'yganini ma'lum qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L`Equipe