Tuxel Neymar haqida gapirdi

Mirjalol Normatov
18 dek 2019
PSJ bosh murabbiyi Tomas Tuxel jamoa forvardi Neymar haqidagi fikrlarini bildirdi.

"AS" nashriga berilgan intervyuda mutaxassisning aytishiga ko'ra, futbolchi jamoada o'zini ajoyib his qilmoqda.

"Neymar bilan munosabatlarimizda hech nima o'zgarmagan, har doim o'zaro yaxshi gaplashganmiz. U klubda baxtli va biz birgalikda oldinga intilamiz. Kiyinish xonasida ham uni yaxshi ko'rishadi. Shuningdek, Neymarning yuragi baquvvat. Istalgan jamoadoshiga aybini yuziga ayta oladi. Biroq unga qarab, futboldan rohatlanayotganini ko'raman", - dedi Tuxel.

Ushbu mavsumda Neymar 9 o'yinda qatnashib, 7 gol urdi va 3 golga assistentlik qildi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: AS