Tuxel Keyn haqidagi fikrlarini bildirdi

Aziz Tukhtamuradov
18 avg 2023
"Bavariya" bosh murabbiyi Tomas Tuxel yaqindagina klub tarkibiga kelib qo'shilgan Harri Keyn haqidagi fikrlarini bildirdi.

"Harri haqidagi ilk taassurotlarim fantastik. U yuqori darajadagi professional va ajoyib o'yin sifatiga ega. U shuningdek fantastik inson, mashg'ulotlarga ham birinchi bo'lib keladi va kiyinin xonasida o'zini samimiy tutadi.

O'ylaymanki, u o'zining munosabati, futbolga bo'lgan mehri bilan kiyinish xonasida ham ijobiy ta’sir o'tkaza oladi. Siz buni har bir kichik mashqlarda sezasiz", - dedi Tuxel.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Sky Sport