Tuxel: "Bunday darajadagi o'yinda xatolarni faqat "Chelsi"da ko'rasiz"

Aziz Tukhtamuradov
21 apr 2022, 08:42
"Chelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel "Arsenal"ga qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng (2:4) o'z fikrlarini bildirdi.

"Birinchi bo'limda 2:2 hisobi bo'ldi va biz ikki marta hisobda yetib oldik. O'yinning boshlanishi yaxshi bo'ldi. Ammo baribir raqib hisobni ochishiga yo'l qo'yib berdik. Ketma-ket ikkita o'yinda bunday qilish mumkin emas, ammo biz buni qildik ("Real" bilan uy o'yini nazarda tutilgan).

Bunday darajada o'z maydoningdagi ikkita o'yinda ketma-ket bunday xatolarni qilishni kechirib bo'lmaydi. Boshqa xech qayerda buni ko'rmaysiz, faqat "Chelsi"da. Bunday o'yin bilan g'alaba qozonib bo'lmaydi. 

Darvozamiz tomon penaltidan urilgan golga e'tibor bering. Bu aqlbovar qilmas gol. Bu biz to'p bilan qanday muomala qilishimizning asorati. O'n soniya ichida to'pni uch marotaba yo'qotdik, taktikaning bu yerda aloqasi yo'q. Shundan so'ng o'yin qoidasini buzlik va penalti bo'ldi. Bu orqali raqibga yetib olish imkoniyatini qo'ldan chiqardik. Bu yerda tahlil qiladigan narsaning o'zi yo'q", - dedi Tuxel. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: BBC