Tuxel: "Bavariya" Keyn bilan kelishib olmagan"

Mirjalol Normatov
11 avg 2023
"Bavariya" bosh murabbiyi Tomas Tuxelning aytishiga ko'ra, klub "Tottenxem" forvardi Xarri Keyn bilan kelishib olmagan.

"Menimcha, u hozir qayerdaligi va nimalar bilan shug'ullanayotganini mendan ko'ra yaxshiroq bilsangiz kerak.

Sir emaski, klub uning transferi borasida ishlamoqda. Biroq hozircha tomonlar kelishib olishmagan", - dedi Tuxel.

Qayd etilishicha, "Bavariya" Keynning transferi uchun 100+20 mln evro to'laydi. 30 yoshli hujumchi o'tgan mavsum 49 o'yinda 32 gol va 5 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal