Tutto Juve: Vitcel “Yuventus” bilan kelishuvga erishdi

Aslanov Jasurbek
15 dek 2016, 22:16
“Zenit” yarim himoyachisi Aksel Vitcel “Yuventus”ga o'tishga yaqin turibdi.

Belgiya terma jamoasi a'zosi Italiyaning nomdor jamoasi bilan shartnoma shartlari borasida kelishuvga erishdi va yangi jamoasida 28-raqamda harakat qiladi.

Yanvar oyida “Yuventus” rahbariyati “Zenit” bilan futbolchining transferi borasida muzokaraga kirishadi. Turinliklar Vitcel uchun 6 million evro to'lashga tayyor.

Belgiyalik futbolchining “Zenit” bilan amaldagi shartnomasi 2017 yilning yozida o'z nihoyasiga etadi.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: TuttoJuve