

Ikkinchi davrada andijonliklar safiga qo'shilgan Xusanov bungacha Qirg'iziston chempionatida faoliyat ko'rsatib kelayotgandi. Ikkinchi davrada u “Andijon” bilan shartnoma imzolab, asosan o'rinbosarlar safida o'ynab kelayotgandi. E'tiborlisi, Xusanov 27 yoshida oliy ligada ilk o'yinini o'tkazdi. “Qizilqum”ga qarshi kechgan bahsda Xusanov 65-daqiqada maydonga tushdi va oliy ligadagi debyutini g'alaba bilan nishonladi.



