"Turon" transferlari davom etadi. Jamoa Otabek Haydarov va "Lester" akademiyasida o'ynagan darvozabon bilan kelishuvga erishdi

Narzulla Saydullayev
5 avg 2020, 13:01
O'z oldiga jiddiy maqsadlar qo'ygan Turon jamoasi tarkibni kuchaytirishda davom etmoqda.

"Neftchi" va "Qo'qon-1912" jamoalaridagi o'yinlari bilan muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan tajribali xujumchi Otabek Xaydarov endilikda "Turon" jamoasi safida o'ynaydigan bo'ldi.

Shuningdek, klub o'z safiga yana bir yosh iqtidorli darvozabonni qo'shib oldi.Temur Kapadze boshqaruvidagi O'zbekiston (U-19) yoshlar terma jamoasiga nomzod darvozabonlardan biri Amal Shavketov bilan "Turon" jamoasi shartnoma imzoladi.

Ma'lumot uchun, yosh posbon avvalgi mavsumni Angliyada "Lester" akademiyasida o'tkazgan. Bundan tashqari Amal Shavketovga Ispaniyaning "Real Sosedad" klubi qiziqish bildirgan, lekin karantin sabab ushbu transfer amalga oshmay qolgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Турон" матбуот хизмати