"Turon" tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Ko'rikka yangi futbolchilar jalb qilindi

Iskandarov Abdulaziz
11 iyul 2022, 15:32
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Anvar Berdiev bosh murabbiyligidagi "Turon" vakillari Tojikiston davlatida yozgi o'quv-yig'in mashg'ulotlarini olib borishmoqda

"Mavsumning qolgan qismiga puxta tayyorgarlik ko'rish maqsadida tashkil etilgan mazkur yig'inda 3 nafar yangi futbolchilar ko'rikdan o'tmoqdalar. Jumladan  Sergey Morozov (himoyachi, Rossiya), Denis Ostrovskiy (himoyachi, Ukraina) va Arislan Yusupbaev (yarim himoyachi, Nukus) ko'rikdan o'tish uchun jamoa yig'iniga kelib qo'shilishgan. Yangi futbolchilarning harakatlari jamoa murabbiylar shtabi vakillariga maqul kelsa, ular bilan shartnoma imzolanadi",- deyiladi klub matbuot xizmati e'lon qilgan rasmiy xabarda. 


"Turon" vice-prezidenti Aleksandr Azimov bilan intervyu: Jamoaning xorij yig'ini, tarkibga yangi jalb etilayotgan futbolchilar va oldindagi maqsadlar haqida

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: "Турон" матбуот хизмати