

"Mavsumning qolgan qismiga puxta tayyorgarlik ko'rish maqsadida tashkil etilgan mazkur yig'inda 3 nafar yangi futbolchilar ko'rikdan o'tmoqdalar. Jumladan Sergey Morozov (himoyachi, Rossiya), Denis Ostrovskiy (himoyachi, Ukraina) va Arislan Yusupbaev (yarim himoyachi, Nukus) ko'rikdan o'tish uchun jamoa yig'iniga kelib qo'shilishgan. Yangi futbolchilarning harakatlari jamoa murabbiylar shtabi vakillariga maqul kelsa, ular bilan shartnoma imzolanadi",- deyiladi klub matbuot xizmati e'lon qilgan rasmiy xabarda.



