

Tadbirda klub rahbariyati, murabbiylar shtabi, futbolchilar, jamoa muxlislari bilan bir qatorda O'zbekiston tumani hokimi o'rinbosari Sherzodjon Ismoilov, tuman Ichki ishlar bo'limi boshlig'i Baxtiyorjon Najmiddinov va boshqa mutassaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.







Ko'tarinki ruhda tashkil etilgan tadbirda ortda qolgan mavsum davomida jamoa g'alabalariga, xususan, Superliga yo'llanmasi qo'lga kiritilishiga o'z hissasini qo'shgan mutaxassislar, murabbiylar shtabi, futbolchilar va ishchi-xodimlar qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.
Bekzod Tolibov, Dilmurod Isaqov Yaypan shahridan Championat.asia uchun maxsus



