Turkmaniston chempionati 19 apreldan davom ettiriladi

Alisher
10 apr 2020, 13:22
Qisqa tanaffusdan so'ng, aniqrog'i 19 apreldan oliy liga klublari o'rtasidagi Turkmaniston chempionati davom ettiriladi.

Bu haqda turkmenportal.com sayti xabar bermoqda.

O'sha kuni 4-tur doirasidagi "Oltin Asr" va "Kopetdog'" jamoalari o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tadi. 20 aprelda esa "Nebitchi" - "Energetik", "Marv" - "Ashxabad" va "Axal" - "Shagadam" jamoalari o'rtasidagi bahslar o'tkaziladi.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Turkmaniston futbol federatsiyasi tasnifidagi barcha musobaqalar to'xtatilgan edi.

Hozircha Ashxobodning "Kopetdog'" klubi musobaqa jadvalida 7 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: turkmenportal.com