Turkiyada bu hafta Istanbul derbisi bo'ladi. 12-tur prevyusi

Narzulla Saydullayev
22 noya 2019, 12:24
Bugun, Galata saroyidagi turk futboli spektakli bilan Turkiya mahalliy chempionatida navbatdagi tur o'yinlariga start beriladi va unda futbol ixlosmandlari super to'qnashuvlar guvohiga aylanishadi.

Ashaddiy raqobatchilar jangi

Joriy turning markaziy maqomdagi uchrashuvida avvalgi safar mehmonda gaziliklarni ishonchli hisobda mag'lubiyatga uchratgan "Galatasaroy" o'z maydonida so'nggi marta azaliy raqiblaridan biri bo'lgan "Anqargyujyu"ni taslim qilgan "Istanbul Bashakshehir"ni qabul qiladi. Ushbu bahs ko'pchilik muxlis-u mutahassislarini katta qiziqishiga sabab bo'lishi turgan gap. Mezbonlar tarkibida Radamel Falkaoning jarohat olishi jiddiy yo'qotish bo'ldi. Uning o'rnini Rayan Babel va ruminiyalik saviyali hujumchilardan biri Florin Andone bildirmaslikka harakat qilishadi. "Bashakshehir"da esa, hujum chizig'idan Yevropaning bir qator top-klublari sharafini himoya qilgan va aql bovar qilmas darajadagi qoyilmaqom fintlari bilan millionlab ishqibozlar mehrini qozongan braziliyalik Robino hamda Xitoydagi jiddiy jarohatdan so'ng avvalgi saviyasiga qaytishga qatiy bel bog'lagan 34 yoshli Demba Ba bor.



O'rtamiyonalar bellashuvi

Joriy mavsumda quyi ligada fantastik darajada o'tkazish orqali elitaga qaytgan debyutant jamoa "Denizlispor" o'tgan tur doirasida "Beshiktosh" maydonida mehmon bo'lib, kichik hisobda mag'lub bo'lgandi. Bu safar ular o'z muxlislari qarshisida o'zidan bor yo'g'i uch ochko kam jamg'argan va oldingi turda antaliyaliklarni o'z uyida minimal ko'rinishda taslim etgan "Rizespor"ni mehmon qiladi. Bu o'yinda Denizli shahri jamoasi kolumbiyalik super forvardga katta umid bog'lashmoqda. Mehmonlar safida esa, mahalliy yosh umidli hujumchi Jaglyan Oguljandan ko'p narsa kutilmoqda.



Yetakchi autsayderga qarshi

Ketma-ket muvaffaqiyatsizliklarga uchrab, noodatiy ravishda o'ziga yarashmagan o'rinlaridan birini egallab turgan "Anqaragyujyu" bu safar o'z uyida avvalgi tur uzoq vaqt davomida turnir jadvalining mutlaq karvonboshisi bo'lib kelgan jamoa "Alanyaspor"ni enggan "Trabzonspor"ni mehmon qiladi. Alanyaliklarni mag'lub etish orqali musobaqa jadvali yetakchisini o'zgarishiga sababchi bo'lgan mehmonlardan ushbu uchrashuvda ham shiddatli o'yin kutsa bo'ladi. Anqaraliklar esa, yamaykalik legioner Dever Orjill va mahalliy tajribali hujumchilardan biri Ilxan Parlakdek forvardlarga ega.



O'rtamiyonalar qarama-qarshiligi


Mavsum boshida kutilmagan ravishda birin-ketin qaqshatqich mag'lubiyatlarni qabul qilib olgan mamlakatning kam sonli sovrindor jamoalaridan biri “Beshiktosh” so'nggi o'yinlarda yana o'zining avvalgi yuqori saviyali o'yinini namoyish etishni boshladi va eng muhimi muxlislari ishonchini qaytardi. Endigi turda jamoa o'z maydonida ohirgi paytlar hech omadi yurishmayotgan va xattoki kuchli o'nlikdan ham tushib ketgan Konya shahrining deyarli shu nom bilan ataluvchi jamoasini qabul qilishadi. Istanbulliklar ushbu o'yindagi g'alaba orqali o'zlariga mos va hos bo'lgan 1-o'rinlariga chiqib olishlari mumkin. Mehmon jamoa esa, qo'lga kiritiladigan uch ochko evaziga kuchli o'nlikka kirib olish imkoniyatiga egalar.



Karvonboshi yaqqol autsayder maydonida mehmon

O'tgan turda o'z muxlislari qarshisida kuchli jamoalarga etarlicha boshog'riq bo'la oladigan ishtirokchilardan biri bo'lgan “Konyaspor”ni ishonchli hisob bilan engishi natijasida 1-pog'onaga ko'tarilgan “Sivasspor” bu safar deyarli mavsum boshidan beri so'nggi o'rinni hech kimga bermay kelayotgan musobaqaning ayni vaqtdagi eng omadsiz ishtirokchisi bo'lib turgan “Qaysarispor” bilan o'zaro bahs olib boradi. Rizo Qalimbay shogirdlari tarkibida ivuarlik Aruna Kone va malilik Mustafo Yatabare bor va ular hozirgacha birgalikda 7 ta gol urishdi. Mezbonlar safida esa, Togo milliy terma jamoasi faxri bo'lmish Emmanuel Adebayordek katta tajribaga ega super forvard harakat qilmoqda.



Alamzada yetakchi o'rtamiyonaga qarshi


Avvalgi tur doirasida sensacion ravishda “Trabzonspor”ga minimal hisobda imkoniyatni boy bergan va natijada to'rtinchi qatorga tushib qolgan “Alanyaspor” endi o'z muxlislari qarshisida odingi turda malatyaliklar bilan durangga imzo chekkan “Gyoztepe” bilan o'zaro hisob-kitob qilib olishadi. Mezbonlar tarkibida bir vaqtlar Angliya Premer-ligasi klublari darvozasini zir titratgan va ayni paytda musobaqa bosh to'purari bo'lib turgan Papiss Sisse harakat qiladi. Ilxan Palut shogirdlari orasida italiyalik 99-raqam ostida o'ynayotgan Stefano Napoleoni bor. Tabiiyki, ushbu bahsda har ikkala jamoaga ham g'alaba suv va havodek kerak bo'lib turibdi. Shunday ekan, muxlis-u mutahassislar tomonidan uchrashuvga bo'lgan qiziqish auditoriyasi sezilarli darajada yuqori bo'lishi tahmin qilinmoqda.



Quyidagilar to'qnashuvi


“Qosimposho” oldingi turda kimsan “Fenerbaxche” mehmoni bo'lib, kuchli raqibiga jiddiy qarshilik ko'rsatdi va tengma-teng kurash olib bordi. Biroq, afsuski yakunda alamli tarzda mag'lubiyatga uchradi. Ular bu safar musobaqaning eng qoloq ishtirokchisi nomini hech kimga bergisi kelmayotgan qayseriliklarni kuchli iroda evaziga enggan “Genchlerbirligi” bilan o'zaro jang olib borishadi. Qosimposholiklar ushbu o'yinda g'alaba qozonadigan bo'lishsa, xatto kuchli o'ntalikka kirib olishlari mumkin. Mehmon jamoa vakillari esa, agar uch ochkoni naqd qilishsa xavfli zonadan ancha uzoqlashib olish imkoniyatiga egalar.



Istanbulliklar Malatyaga uchishadi

Dam olish kunidagi o'yinlarni tugatib beruvchi uchrashuv qiziqarli va keskin kurashlarga boy o'tishi kutilmoqda. Joriy mavsumni alo darajada o'tkazayotgan kuchli jamoalar bellashuvida avvalgi turda o'rtamiyona bilan durangga rozi bo'lgan va shu orqali qimmatli ochkolarni yo'qotgan “Yeni Malatyaspor” va qosimposholiklarni katta qiyinchilik evaziga mahv etgan “Fenerbaxche” o'zaro to'qnash keladi. Mezbon jamoa safida musobaqa to'purarlar jadvalini alanyaliklar vakili Sisse bilan birgalikda boshqarib borayotgan saviyali hujumchi makedoniyalik Adis Yaxovich hamda Kongo milliy terma jamoasi kelajagi bo'lmish Tevi Bifuma bor bo'lsa, Ersun Yanal shogirdlari orasida mashhur futbolchilar: Maurisio Isla, Odil Rami, mahalliy muxlislar yoqimtoyi Emre Belezoglu, Viktor Mozes, Luis Gustavo, Maks Kruze va nihoyat jamoa bosh to'purari bo'lib turgan kosovolik Vedat Muriki harakat qilishmoqda.



Yana bir o'rtamiyonalar jangi


Qatorasiga to'rtta o'yinda imkoniyatni boy bergan va mamlakatning bayroqdor jamoasi bo'lgan “Fenerbaxche”ni taslim qilganidan keyin mag'lubiyat ko'chasidan boshi chiqmay qolgan “Antalyaspor” endigi safar o'z uyida oldingi turda muxlislari ko'z o'ngida “Galatasaroy”ga yutqazib qo'ygan “Gaziantep”ni mehmon qiladi. Mezbonlarga g'alaba har qachongidanda zarur bo'lgan bir vaqtda, fransiyalik tajribali legioner Ali sissoko hamda braziliyalik taniqli futbolchilardan biri Sharleslar jamoani o'z ortlaridan ergashtirish asnosida faqat va faqat g'alabani ko'zlab maydonga tushishlari shart. Raqib jamoa gaziliklar bir necha mavsum muqaddam Qozog'iston ichki birinchiligida eng yaxshi to'purar bo'lgan ganalik 25 yoshli Patrik Tvumasi va Senegal milliy terma jamoasi faxriylaridan biri o'zining “shedevr” gollari bilan tanilgan Mussa Sou harakat qilishadi.



Xondamir Hakimov tayyorladi

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia