Turkiya va Rossiya chempionatlarida ham mavsum g'oliblari muddatidan oldin ma'lum bo'ldi

Eldor Akmurzayev
1 may 2022, 08:40
“Trabzonspor” 7-marotaba Turkiya chempionligini qo'lga kiritdi.

Jamoa oxirgi marta bunga 1984 yil erishgandi.

Abdulla Avji shogirdlari chempionat 35 turidan keyin 77 ochko bilan g'oliblikni rasmiylashtirdi. Musobaqa yakuniga esa 3 tur qolgan va eng yaqin taqibchi “Fenerbaxche” hisobida 68 ball bor.

RPLda esa “Zenit” qatorasiga 4-marotaba titul sohibiga aylandi.

Sergey Semak shogirdlari 27-turda “Lokomotiv”ni (3:1) taslim etib, ochkolari sonini 61 taga etkazgan holda muddatidan oldin bosh sovrin egasiga aylandi.

Peterburgliklar o'z tarixida 8-marotaba ushbu titulni qo'lga kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia