Iordaniyaga qarshi jahon chempionati pley-off uchrashuviga tayyorgarlik vazifasini o'tab berishi kerak bo'lgan ushbu o'rtoqlik o'yini futbolchilarimiz uchun foydali bo'ladi, degan umiddamiz. Biroq hozir boshqa masala haqida to'xtalmoqchi edik.
O'zbekiston va Turkiya milliy terma jamoalarining Toshkentda o'rtoqlik o'yini o'tkazishi ma'lum bo'lganidan keyin aksariyat internet nashrlari bu haqda xabar bera turib, bungacha Turkiya terma jamoasining O'zbekistonga kelmagani, yoki ikki yurt terma jamoalari birinchi marta o'ynashi haqidagi ma'lumotlarni tarqata boshladi.
Biroq, ma'lumki O'zbekiston milliy terma jamoasi bundan 11 yil muqaddam, aynan Toshkent shahrida Turkiya terma jamoasi bilan o'rtoqlik o'yinini o'tkazgan. To'g'ri, o'shanda poytaxtimizga Turkiyaning 20 yoshgacha bo'lgan termasi tashrif buyurgandi. O'yin 2002 yilning 27 iyul sanasida "Paxtakor" markaziy stadionida bo'lib o'tgan. Unda terma jamoamiz 1:0 hisobida g'alaba qozongan. Qolaversa 2013 yilning 20 fevral sanasida ham O'zbekiston va Turkiya yoshlar terma jamoalari Turkiyada o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazgan va unda maydon egalari 5:2 hisobida g'alaba qozongan edi.
Hayron qolarli tomoni shundaki, 2002 yilda bo'lib o'tgan o'sha uchrashuv haqida O'zbekiston futbol federatsiyasida ham ma'lumot saqlanib qolinmagan ekan. Federatsiya matbuot xizmati tarkiblar borasidagi murojaatimizni qondirishga ojizlik qildi. Bir paytlar federatsiyada ishlagan Alisher Nikimbaev esa shunday o'yin bo'lganini yodga oldi, lekin u ham bu haqda to'liq ma'lumot bera olmadi.
Aksincha, Turkiya futbol federatsiyasi saytida 2002 yildagi o'yin haqida ayrim ma'lumotlar mavjud ekan. Biroq, u yerda ham o'yinda qayd etilgan hisob va Turkiya terma jamoasi tarkibidan boshqa statistika yo'q. Shunday ekan bundan 11 yil oldin Turkiyaga qarshi bizning qaysi futbolchilarimiz tup surganiyu, kim gol kiritgani noma'lumligicha qolmoqda.
Oydinlik kiritamiz, 2013 yilning 14 avgust kuni O'zbekiston va Turkiya terma jamoalari Toshkentda ikkinchi o'rqtoqlik o'yinini o'tkazishadi. Uchrashuv "Paxtakor" stadionida, soat 19:00da boshlanadi.
O'rtoqlik uchrashuvi
O'zbekiston - Turkiya U-20 - 1:0
2002 yil, 27 iyul
Toshkent, "Paxtakor" stadioni
Gol: ?
O'zbekiston: ?
Turkiya: Tolga Zengin, Serkan Balji, Jan Ulun, Tayfun Jo'ra, Go'kxan Yulduz, Erman Yildirim, Ali Jamol Bo'ztepa, Sedat Debreli, Semix Shenturk, Yasin Karaja, Mehmet Ali.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Mehmet Chog'um - 46, Faxri Tatan - 46, Adnan Demirel - 77, Fevzi Elmas - 46, Tunjay Dereko'ylu - 83, Umut Bulut - 75, Adem Ko'chak - 46.