Turkiya terma jamoasi murabbiysiz qoldi

Sherzod Nurmatov
21 sen 2023
Germaniyalik mutaxassis jamoani tark etdi.

Shtefan Kunc Turkiya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimidan ketdi. Bu haqda Turkiya Futbol Federatsiyasi rasmiy sayti xabar berdi.

Mutaxassis Yaponiya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvidagi mag'lubiyatdan so'ng (2:4) ishdan bo'shatildi. Shu bilan birga, Evro-2024 saralashida Turkiya qo'shimcha ko'rsatkichlar bo'yicha yetakchi Xorvatiyani ortda qoldirib, o'z guruhida 2-o'rinni egallab turibdi.

Turkiya terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini 12 oktyabr kuni mehmonda Xorvatiyaga qarshi o'tkazadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: tff.org