

Hamyurtimiz bugun chempionatning 16-tur doirasidagi "Samsunspor"ga qarshi o'yinda bitta gol va bitta assist qayd etdi, to'purarlar ro'yxatida yana yetakchi bo'lib oldi. Shomurodov joriy mavsum Superligada umumiy 11 ta gol va 2 ta assist qayd etdi. "Trabzonspor" a'zosi Pol Onuachu ham 11 ta to'p kiritgan, ammo uning assistlar soni bitta kam.




