Turkiya Superligasi. Aliqulov to'liq o'ynagan bahsda "Rizespor" yirik hisobda g'alaba qozondi
Оқил Абдубарноев
2 apr 2024, 21:15
Turkiya Superligasining 31-turidan o'rin olgan "Istanbulspor" - "Rizespor" uchrashuvi (0:4) yakunlandi.
Mazkur bellashuvda mehmonlar raqib darvozasiga javobsiz to'rtta to'p kiritdi. "Rizespor" tarkibida o'zbekistonlik himoyachi Husniddin Aliqulov asosiy tarkibda maydonga tushib, to'liq harakat qildi va 54-daqiqada hakam tomonidan ogohlantirildi.