Turkiya FF vakillari Toshkentga kelishadi

Narzulla Saydullayev
7 iyul 2013, 13:45
Bugun tunda Toshkentga Turkiya Futbol Federatsiyasi vakillari kelishadi.

O'FF matbuot xizmati boshlig'i Sanjar Rizaevning o'z tvitterida bergan xabariga ko'ra tunda Turkiya Futbol Federatsiyasi vakillari Toshkentga kelishadi. Mehmonlar stadion, mehmonxona va mashg'ulot maydonlarini ko'zdan kechirishadi.

Oldinroq O'zbekiston terma jamoasi 14 avgust kuni Toshkentda Turkiya terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishi haqida xabarlar chiqqandi. Ammo hozirga qadar O'FF terma jamoalar markazi direktori Asqar Tolibjonov o'yin bo'lishini rasman tasdiqlagani yo'q.  


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia