Turkiya chempionati. "Sivasspor" safarda durang o'ynadi, Turg'unboev 84 daqiqa harakat qildi

Sherzod Nurmatov
17 fev 2024, 21:02
Turkiya Superligasi 26-turidan o'rin olgan "Xatayspor" – "Sivasspor" bahsi yakuniga etdi.

Unda jamoalar o'zaro durangga rozi bo'lishdi – 1:1. Mehmonlar tarkibida Aziz Turg'unboev 84 daqiqa o'ynadi va Murat Paluli bilan almashtirildi.

Turkiya Superligasi

26-tur

"Xatayspor" – "Sivasspor" 1:1

Gollar: Bujema 75' – Manaj 18'

Musobaqa jadvali

"Sivasspor"ning keyingi uchrashuvi 25 fevral kuni "Pendikspor"ga qarshi kechadi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia