149
Turkiya 2013 da jami 50 ta o'yinda shuncha gol kiritildi. Bu har bir uchrashuvda o'rtacha 2.98 gol degani. Bu so'nggi 10 yilda bo'lib o'tgan yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatlari ichida ikkinchi eng yaxshi ko'rsatkich bo'ldi. Kolumbiya 2011 (132), Kanada 2007 (135), Gollandiya 2005 (143) va BAA 2003 (119) musobaqalari ortda qoldirildi. Ammo Turkiyadagi musobaqa tugashiga hali ikki o'yin bor. Balki ushbu o'yinlarda urilgan gollar Misr 2009 da kiritilgan rekord 167 golga tenglasha, yoki yangi rekord o'rnatilar.
34
Turkiya 2013 da hozirgacha o'tkazilgan 50 o'yindan shunchasi yoki durang, yoki tomonlardan birining bir to'p farqi bilan g'alaba qozonishi bilan tugagan. Bu ko'rsatkich, ushbu musobaqada qanchalik bir biriga teng jamoalar o'ynashini namoyon qilib turibdi. 50 o'yindan atigi bittasida darvozalarga to'p kiritilmagan. Mali – Gretsiya o'yinida yagona 0:0 hisobi qayd etilgan bo'lib, bu yoshlar o'rtasidagi JCH 24 talik formatga o'tganidan buyon rekord ko'rsatkich.
17
Yoshlar o'rtasidagi musobaqalarda Angliya terma jamoasi shuncha bor ketma-ket g'alaba qozona olmasdan, navbatdagi musobaqani erta bosqichda tark etdi. Yosh sherlar ushbu musobaqadagi Angliyaning so'nggi 5 ishtirokida so'nggi bor qachon g'alabaga qozonganligini eslashlari uchun ular 16 yil avvalgi ma'lumotlarni qidirishlariga to'g'ri keladi. Maykl Ouen ishtirok etgan, Malayziyada 1997 yilda bo'lib o'tgan o'sha turnirda, inglizlar Meksikani 1:0 hisobida mag'lub etgan.
15
Fransiya shuncha gol urib turnirda eng sermaxsul jamoa bo'lib turibdi. Ushbu gollar 8 nafar futbolchi hisobiga yozilgan. Francuz futbolchilarining ushbu sermaxsulligi 1998 yilda Fransiyada bo'lib o'tgan Jahon chempionatini eslatadi. O'shanda kubokni yutgan francuzlar kiritgan gollarga sakkiz nafar futbolchi mualliflik qilgan. Francuzlar, o'zlari uchun birinchi bo'lgan Yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionati finalida o'sha muvafaqiyatni takrorlay olishadimi, yo'qmi, buni Shanba kuni bilib olamiz.
14
Shuncha yillik Osiyo jamoalarisiz o'tgan yarim finallarga Iroq chek qo'ydi. Shuningdek Hakim Shokir jamoasi tarixda birinchi bor Yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatida bir musobaqa doirasida 3 o'yinda qo'shimcha vaqt o'ynagan jamoa bo'ldi. Dastlabki ikki o'yinda Iroqliklar g'alaba qozonishgan bo'lsa, yakunda Urugvay penaltilar seriyasida ularni to'xtatib qoldi. So'nggi bor penaltilar seriyasi orqali jamoaning finalga yo'l olishi 1985 yilda bo'lgan. O'shanda Ispaniya yoshlari penaltilar seriyasida Sovet Ittifoqini 4:3 hisobida mag'lub etib finalga yo'l olgan.
5
Portugaliyalik Bruma, ispaniyalik Xese va ganalik yulduz Ebenezer Asifualar hozirgacha musobaqada shunchadan to'p kiritib to'purarlar ro'yxatida boshchilik qilishmoqda. Bulardan faqat Asifuada ko'rsatkichini yaxshilash imkoniyati mavjud. Ammo urugvaylik Nikolas Lopez va fransiyalik Yaya Sanogolar ham unga raqobat qilishlari mumkin, ularning hisobida to'rttadan gol bor.
4
Yarim finalda 4 qita vakillari ishtirok etishdi. Bunday tenglik musobaqa tarixida 5 marotaba bo'lgan.
4
Janubiy Amerikaning barcha 4 vakili tarixda birinchi bor guruhdan muvafaqiyatli chiqishdi. Ushbu to'rtlikdan hozir faqat bir jamoa – Urugvay kurashni davom ettirmoqda. Bu Urugvayning tarixdagi ikkinchi finali. Birinchisida 1997 yil Malayziyada bo'lib o'tgan musobaqada urugvayliklar Argentinaga 2:1 hisobida mag'lub bo'lishgan.
3
Turkiya 2013 musobaqasining 3 ta chorak final uchrashuvida qo'shimcha vaqt va/yoki penaltilar seriyasi orqali g'olib aniqlandi. Statistikaga qo'ra, so'nggi besh musobaqa chorak finallarida 75 foiz holatda jamoalar 120 daqiqa o'ynagan.
1
El Salvador jamoasi yagona g'alaba bilan uylariga qaytishdi. Ular Avstraliya ustidan 2:1 hisobida qozonilgan g'alabalarini tarixiy yutuq sifatida baholashdi.
Qobiljon Babaev tarjimasi