Turk klubi Jiru xizmatlariga qiziqish bildirmoqda

Aslanov Jasurbek
22 sen 2018, 13:50
"Beshiktosh" "Chelsi" hujumchisi Olive Jiru xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, 31 yoshli fransiyalik futbolchi turk klubining asosiy transfer maqsadi ekan. Eslatib o'tamiz, Jiru 2018 yilning yanvarida "Arsenal"dan "Chelsi"ga o'tgan edi. Hujumchi va klub o'rtasidagi bitim 1 yil uzaytirish imkoni bilan 18 oyga tuzilgan.

Oldinroq, Jiruga "Marsel" qiziqish bildirayotgani e'lon qilingan edi.

Olive Jiru joriy mavsum "Chelsi" safida 4ta o'yinda ishtirok etib, 3ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Fanatik