Turg'unboev muxlislarni tanlaydimi yoki?

Narzulla Saydullayev
28 noya 2018
Kecha saytimizda "Navbahor" yetakchilaridan biri Azizbek Turg'unboev bilan intervyu chiqdi.

Ushbu intervyuga "Navbahor" muxlislari munosabat bildirishdi.

Turg'unboevga Toshkentning "Paxtakor" jamoasidan jiddiy qiziqish bo'lmoqda. Futbolchi esa taklif borasida o'ylab ko'rishini aytgan. Demak, Azizning "Paxtakor"ga o'tish ehtimoli yo'q emas.

Turg'unboev muxlislarni tanlaydimi? Yoki? Buni vaqt ko'rsatadi. Ammo, Turg'unboevni shu darajaga etkazgan mana shu Namangan, mana shu viloyat rahbarlari emasmi? Nahotki, jamoa Osiyo sari kurash olib borayotgan bir pallada Turg'unboev o'zini boshqa jamoada tasavvur qila olsa. Nahotki, Aziz "Navbahor"ni tashlab ketsa. Bunga ishonish qiyin. Biz ishonamizki Turg'unboev jamoada qoladi va "Navbahor" bilan yuksak marralarni zabt etadi. Bu xabar qanchalik haqiqat bu bizga qorong'u. Voqealar rivojini kuzatamiz...

"Navbahor" muxlislar klubi



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: