Ture: "Sterling juda halol, u Uolker turtib yuborganida yiqilishi kerak edi"
Aslanov Jasurbek
23 yanv 2017, 13:45
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Yaya Turening fikricha, uning jamoadoshi Raxim Sterling "Tottenxem"ga qarshi bahsda Kayl Uolker turtib yuborganida yiqilishi kerak edi.
"Agar Sterling yiqilganida, hamma buni "sho'ng'ish" degan bo'lardi. Buni bajarish kerak edi. Ammo Sterling juda halol. Raxim adashdi deya olmayman, chunki bu uning qarori. Sterling golga yaqin edi, ammo Uolker uni turtib yubordi" - deydi Ture.