Tur goli muallifi - Sanat Shixov

Superliganing 2-turining eng chiroyli goliga "Buxoro" futbolchisi Sanat Shixov mualliflik qildi.

"CA" Superligani yangicha formatda yoritadi

Ushbu turda bir qator chiroyli gollar guvohiga aylandik. Ammo turning eng chiroyli goli Qarshidagi "Markaziy" stadionda kiritildi. "Nasaf" - "Buxoro" uchrashuvida hisobni ochgan gol ijro jihatdan ham ancha nafis va benazir bo'ldi. Sanat Shixov Ruseckiy tomonidan oshirib berilgan to'pni havodan tushirmay chiroyli ijro orqali darvoza to'riga joylab qo'ydi.



Manba: championat.asia