

Dastlabki turning eng yaxshi futbolchisi yo'nalishida yaqqol ajralib turgan o'yinchi chiqmadi. Uzoq o'ylanishlardan so'ng "Buxoro" klubi sardori va yarim himoyachisi Shavkat Salomov championat.asia talqiniga ko'ra 1-turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Salomov "Qo'qon-1912" bilan o'yinda yetakchilik hususiyatini namoyish etdi. Sheriklarini olg'a boshladi va bir qator hujumlarda faol ishtirok etdi.




