Tur futbolchisi - Elguja Grigalashvili

Tolibjon Qosimov
1 may 2018
9-turning eng yaxshi futbolchisiga ham navbat yetib keldi.

"Qizilqum" - AGMK (3:0) uchrashuvida juda faol bo'lgan Elguja Grigalashvili 9-turning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi. Gruziyalik legioner turning eng chiroyli golini ham kiritdi. Bundan tashqari, Artur Gevorkyan golga aylantirgan jarima zarbasini ham aynan Elguja ishladi. Hujumchining chempionatdagi gollari soni 4taga etdi.

Shu tariqa Elguja Grigalashvili turning eng yaxshi futbolchisiga aylandi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia