Tur futbolchisi - Azizbek Turg'unboev

Superligada 2-turning eng yaxshi futbolchisi deb "Navbahor" yarim himoyachisi Azizbek Turg'unboev topildi.

Superliganing 2-turida "Navbahor" jamoasi Olmaliqda AGMKni taslim etishga muvaffaq bo'ldi.

"CA" Superligani yangicha formatda yoritadi

Ushbu g'alabada "Navbahor" vingeri Azizbek Turg'unboevning hissasi katta bo'ldi. Dastlab jarima zarbasini qoyilmaqom tarzda bajargan Turg'unboev, keyinchalik Dilshod Jabborovning goliga hammualliflik qildi. Shu tariqa Turg'unboevning goli va golli uzatmasi yakunda "Navbahor"ga muhim 3 ochkoni taqdim etdi.

Shu boisdan ham Superliganing 2-turining eng yaxshi futbolchisi nomiga Azizbek Turg'unboev loyiq ko'rildi.


Manba: championat.asia