Tur darvozaboni - Eldorbek Suyunov

Tolibjon Qosimov
1 may 2018, 12:12
29 va 30 aprel kunlari Superligada 9-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Bugun ana shu tur laureatlarini e'lon qilamiz. Demak, Superliga 9-turining eng yaxshi darvozaboni nomiga "Paxtakor" posboni Eldorbek Suyunov loyiq ko'rildi.

Turning markaziy o'yinida amaldagi chempion "Lokomotiv"ga qarshi bahsda Eldor darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Eldorning ikkinchi bo'limda Sardor Rashidovning yaqin masofadan birga-bir vaziyatda bergan zarbasini qaytarishi tur seyvi bo'ldi.




Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia