Tunis termasi ustozi Qatar klubiga bosh murabbiy etib tayinlandi

13 iyul 2018, 09:27
Nabil Malul Tunis terma jamoasidan iste'foga chiqdi.

55 yoshli mutaxassis o'tgan mavsumda Qatar chempionligiga erishgan “Al Duxayl” jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

JCH-2018 bellashuvlarida Tunis termasi ushbu murabbiy qo'l ostida G guruhida uchinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Guruh bosqichida jamoa faqat Panamani (2:1) mag'lub etdi. Bu afrikaliklarning ushbu musobaqada so'nggi 40 yildagi ilk g'alabasi bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Manba: L’Equipe