

Uning natijalariga ko'ra, Tunis elit divizioni klublarining 16 nafar murabbiyidan birortasi ham o'tgan mavsumda to'liq ishlay olmagani ma'lum bo'ldi. Yani chempionatni boshlagan barcha mutaxassislar u davom etayotganda ishdan bo'shatildi.
Shunisi e'tiborga loyiqki, ushbu reytingda Tunisdan keyin faqat sobiq Yugoslaviya davlatlari joylashgan. Bosniya va Gertsegovina va Shimoliy Makedoniya ligalarida butun mavsum davomida bittadan murabbiy ishlagan. Serbiya chempionatida – 16 tadan ikki kishi.
Eng kam iste'foga chiqarilgan murabbiylar Hindiston, Malta va Avstraliyada qayd etilgan.



