Trent uchun Messi eng zo'rimi yoki Ronaldu?

Alisher
24 mar 2020
"Liverpul" himoyachisi Trent Aleksandr-Arnold "Barselona" forvardi Lionel Messi va "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronalduni taqqosladi.

- Messi yoki Ronaldu?

- Men uchun Messi.

- "Liverpul"dan tashqari sevimli jamoang qaysi? Shotland klublariga ham muxlislik qilasanmi?

- Bolaligimda "Seltik"ga muxlislik qilganman, ammo hozir turli sabalarga ko'ra ("Liverpul" sobiq sardori Stiven Jerrard "Reynjers"ni boshqarmoqda) neytralman. Aytishim mumkinki, qolgan klublar orasida mening eng sevimli jamoam - "Barselona". Menimcha, ular ham "Liverpul"ga o'xshash qadriyatlarga ega", - deydi Aleksandr-Arnold.

Eslatib o'tamiz, "Liverpul" CHL 1/8 final doirasida "Atletiko"dan ikki o'yin natijasiga ko'ra 2:4 hisobida mag'lubiyatga uchrab, turnir bilan xayrlashdi.


AlisherMuallif
Manba: gq-magazine.co.uk