Trent “Real“da qancha ishlab olishi ma'lum

Khoja
6 may 2025
Angliyalik himoyachi Trent Aleksander-Arnold “Real Madrid“da qancha ishlab olishi ma'lum.

Futbolchi Madrid jamoasi bilan besh yillik shartnoma imzolaydi va yiliga soliqlarsiz 7,3 million evro ishlab oladi. 26 yoshli himoyachi “Real“ga tekinga o'tayotgani sababli yana 20 million evro bonusga ega bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, Trent Aleksander-Arnold kecha “Liverpul“ni tark etishini e'lon qilgandi. U “qizillar“ safida jami 352 ta uchrashuvda maydonga tushib, 23 ta gol urgan va 92 ta golga assist bo'lgan.


KhojaMuallif
Manba: championat.com