Trapattoni Irlandiya terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketdi

Narzulla Saydullayev
11 sen 2013, 16:20
Jovanni Trapattoni Irlandiya terma jamoasi bosh murabbiyligi lavozimidan ketdi.

Hamkorlik tomonlarning kelishivuga binoan tugatilgan.

Eslatib o'tamiz, 74-yoshli italiyalik mutaxassis Irlandiya terma jamoasini 2008 yildan beri boshqarib kelayotgan edi. Uning murabbiyligi davrida jamoa Evro-2012 bahslariga chiqqan.

Jahon chempionati-2014 saralash bahslarida Irlandiya  terma jamoasi omadsiz ishtirok etdi va hozirda musobaqaga chiqishga deyarli imkoniyati yo'q.

Yaqin orada jamoani boshqaradigan yangi bosh murabbiy nomi ma'lum bo'ladi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru