"Traktor" xorvatiyalik murabbiyi bilan xayrlashdi

Sherzod Nurmatov
17 fev 2026
"Traktor" jamoasi bosh murabbiyi Dragan Skochich o'zaro kelishuv asosida klubni tark etdi.

Ma'lum bo'lishicha, Qatarning "Al Sadd" jamoasiga qarshi (0:2) o'yindan keyin Skochich rahbariyatga xayrlashish haqida ariza bergan. Rahbariyatning etirozi hamda hamkorlikni davom ettirish bo'yicha qatiy iltimosiga qaramay, u o'z qaroridan qaytmagan. Natijada seshanba kuni shartnoma tomonlarning kelishuvi bilan rasman bekor qilindi.

Skochich klub tarixidagi eng sovrindor murabbiy sifatida etirof etiladi: u "Traktor" bilan ikki marta chempionlik unvonini qo'lga kiritgan.

Ma'lumot o'rnida, O'zbekiston terma jamoasi xavbeki Odil Hamrobekov shu jamoada to'p tepadi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: tractor-club.com