"Trabzonspor" Andre Onanaga doimiy shartnoma taklif qildi

Sherzod Nurmatov
10 okt 2025, 13:43
Turkiyaning "Trabzonspor" futbol klubi ijaraga olingan darvozabon Andre Onanaga doimiy shartnoma taklif etdi.

Bu haqda "The Sun" xabar berdi.

Xabar qilinishicha, Onananing ijara shartnomasida sotib olish bandi yo'q, biroq Turkiya klubi uzoq muddatli shartnoma imzolashni istamoqda.

Onana hozirda "Manchester Yunayted"ga tegishli. 

MYU va Kamerun terma jamoasi darvozaboni Andre Onana sentyabr oyi boshida ijara asosida "Trabzonspor"ga o'tgandi. Posbon Turkiyadagi birinchi o'yinida o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan bo'lsa, ikkinchisida golli uzatmani amalga oshirgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Sun