
Undan tashqari Ilyos Zeytullaev, Andrey Vlasichev, Aleksey Nikolaev, Yuriy Coy, Leonid Koshelev kabi futbolchilarni ham poytaxtliklar mashg'ulotida ko'rishingiz mumkin. Bosh murabbiy Jafar Irismetovning ma'lum qilishicha, ularning tarkibda qolish yoki qolmasligi noma'lum. Bu futbolchilar hozircha jamoada shug'ullanib turishibdi. Agar ularga oliy liga klublaridan taklif tushadigan bo'lsa ketishlari mumkin.