Totti yozda "Mayami"ga o'tishi mumkin

Aslanov Jasurbek
16 may 2017
"Roma" hujumchisi va sardori Franchesko Totti faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin.

40 yoshli futbolchining xizmatlariga Italiya terma jamoasi sobiq himoyachisi Alessandro Nesta boshqarayotgan "Mayami" qiziqish bildirmoqda.

Oldinroq rimliklar sport direktori Monchi Totti faoliyatini yakunlashi va klub direktori vazifasini egallashi haqida aytgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport