Totti: "Ronaldu "Roma"da? Ajoyib bo'lardi, biroq umuman bu xabarga ishonmayman"

Mirjalol Normatov
2 iyul 2022, 23:32
"Roma"ning sobiq futbolchisi Franchesko Totti hujumchi Krishtianu Ronalduning rimliklar tarkibiga o'tishi mumkinligi haqida gapirdi.

"To'g'risini aytsam, bu xabarga umuman ishonmayman. Chunki holat aslida qandayligini yaxshi bilaman. Agarda bu holat rost bo'lib chiqqanida, "Roma" muxlislari xayratda qolgan bo'lardi.

Dibalaning transferida ham shunday bo'lishi mumkin edi. Ammo shartlar va holatlar o'zgarib ketdi. Endi u boshqa jamoa tarkibida o'ynaydi. Biroq aynan qaysi jamoaligini bilmayman. Uni Rimga olib kelishga umid qilgandim", - dedi Totti.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal