Totti: "Roma"dagi muammo Mourinyu emas"

Mirjalol Normatov
14 noya 2021
"Roma" afsonasi Franchesko Totti rimliklar ustozi Joze Mourinyuning faoliyati haqida gapirdi.

"Agarda muammo sifatida Mourinyuni aytadigan bo'lsak, xato qilgan bo'lamiz. "Roma"dagi muammolar Mourinyuga bog'liq emas. Agarda A Seriyadagi murabbiylarning barchasini sovrinlarini jamlashtirsak, Mourinyuniki bilan teng bo'lmaydi. Uning oldida shlyapani echish kerak.

"Roma" Mourinyuning gaplariga quloq solishi lozim. U yaxshi menejer, murabbiy va motivator. U jamoa bilan qanday gaplashishni, nima deyishni va nima qilishni yaxshi biladi", - dedi italiyalik.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal