
"Bir narsani aniqlashtirib olmoqchiman. Men hech qachon shartnoma shartlarini o'zgartirishni so'ramaganman. Klub rahbarlari bilan kelishib ishlaymiz. "Roma" sharafini himoya qilayotganimdan g'ururlanaman. Men hech qachon "Roma"ga muammo bo'lmaganman va bo'mayman ham. "Bo'rilar" formasida maydonga tushadiganlarni maydonda, zaxira o'rindig'ida va xattoki tribunadan ham qo'llab turaman. Men jamoaga doimo eng yaxshi niyatlarni tilaganman" - deydi Totti.
Totti bu mavsum A Seriyaning 23ta uchrashuvida maydonga tushib, 5ta golli pas berdi va 6ta golga mualliflik qildi.