Totti faoliyatini yakunlash haqida o'ylamoqda

Aslanov Jasurbek
20 fev 2016
Roma afsonasi Franchesko Totti faoliyatini yakunlash haqida o'ylamoqda.

Bunga sabab, 39 yoshli futbolchi ushbu mavsumda asosan zaxira o'rindig'ida o'tiribdi. Jamoaga Luchano Spaletti kelganidan so'ng ham vaziyat o'zgargani yo'q.

Totti ushbu mavsumda beshta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatma muallifiga aylandi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fichajes.net